Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask odamlarni chiplash nega kerakligini tushuntirdi

Ilon Mask odamlarni chiplash nega kerakligini tushuntirdi

Foto: "Ixbt.com"

Ilon Mask Xitoyda chiqadigan jurnalga yozgan maqolasida odamlarga chip o‘rnatish nega muhimligini aytib o‘tdi.

Milliarderning ma’lum qilishicha, Neuralink kompaniyasi inson miyasi va kompyuter o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatish uchun kurashmoqda. Tangadek keladigan chiplar implantantlar yordamida miya faoliyatini qayd etadi va rag‘batlantiradi.

Chiplar imkoniyati cheklangan insonlarga atalgan. Asab tizimidagi buzilishlar va umurtqa jarohatlari bois falajlikka uchraganlar uchun miya chiplari ayni muddao. Ular kompyuter yoki smartfon orqali miyani faollashtirishga erishadilar.

Mask o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalar - Tesla, SpaceX, Neuralink orqali insoniyat uchun yorug‘ kelajakni ta’minlash harakatida ekanligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring