Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google mingta tilni qo‘llab-quvvatlamoqchi

Google mingta tilni qo‘llab-quvvatlamoqchi

Foto: Xataka.com

Butun dunyo bo‘ylab ma’lumotlarni olish imkoniyati kengayishi uchun Google sun’iy intellekt modelini ishlab chiqarmoqchi. U mingta tilni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shunda kompaniya tilga oid xizmatini 10 barobar kengaytiradi. "1000 ta til" tashabbusini amalga oshirsa, bu barcha xalqlarga katta qulaylik tug‘diradi. Lekin bu katta va murakkab loyiha bo‘lib, amalga oshirishga bir necha yil ketadi hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni talab etadi.

Hozirda dunyo bo‘ylab 7000 ta til muomalada bo‘lib, ulardan ayrimlarigina internetga keng kirib kelgan. Yaqinda Google Translate platformasiga yana 24 ta til qo‘shildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring