Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yil sarhisobi – aprel

2022-yil sarhisobi – aprel

-   Xorijiy investorlar, IT kompaniyalar ta’sischilari, AKT sohasidagi mutaxassislar uchun uch yillik “IT-visa” joriy etildi;

-   Bo‘stonliqdagi maktabda IT sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi;

-   BPO kompaniyalari vakillari va IT Park rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi;

-   Yagona portalda arxiv ma’lumotlarini onlayn tarzda olish imkonini beruvchi “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi;

-   “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida seminar treninglar tashkil etildi;

-   “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarni autsorsing qilish” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi;

-   Eksport va import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga xalqaro tashishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomani my.gov.uz portali orqali olish imkoniyati yaratildi;

-   O‘zbekiston BMTning keng polosali mobil internet xizmatlari narxi bo‘yicha ikki foizlik foydalanish ko‘rsatkichlarini bajargan davlatlar qatoriga kirdi;

-   Toshkent shahridagi Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi ochildi;

-   Jizzax viloyatida “Foundation” dasturiga start berildi;

-   Qashqadaryoda Janubiy Koreyalik IT mutaxassislar ishtirokida o‘quv-trening tashkil etildi;

-   Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi;

-   Davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonni Mintaqaviy IT markaziga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi;

-   IT Park va AKT Vazirligi hamkorligida xalqaro IT-sertifikatini olishga sarflangan mablag‘ning 50% miqdorida kompensatsiya olish mumkin bo‘lgan dastur ishga tushirildi;

-   Pochta xizmati yangicha ishlash tizimiga o‘tib, aholiga zamonaviy xizmatlar ko‘rsata boshladi;

-   Astrum IT akademiyasi va USAID qo‘shma hamkorlikda 200 nafar xotin-qizlarni dasturlashga o‘qitish loyihasini ishga tushirildi;

-   O‘zbekiston mobil internet narxlari arzonligi bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan 4 ta davlat qatoridan joy oldi;

-   Koreya Respublikasining MOON Engineering kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi;

- “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi;

-   Qizbola-dasturchilar uchun Markaziy Osiyo Tumaris.Hack xakatonida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilindi;

-   AKT vazirligi va “Megafon” o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi;

-   Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni munosabati bilan Ayollar va yoshlar uchun Raqamli ko‘nikmalar markazi ish boshladi;

-   UZ domenining 27 yilligi munosabati bilan UZINFOCOM o‘z domenini monitoring qilish uchun mobil ilovasini taqdim etdi;

-   Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilk bor xalqaro reytingga kiritildi;

-   Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar asosida Andijon viloyatida AKT sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi;

-   AKT vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Microsoft kompaniyasi vakillari, “Yandeks Taksi” kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha rahbariyati hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring