UZTELECOM Pitch Day tanlovi e’lon qilindi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mahalliy startaplar va innovatorlar uchun UZTELECOM Pitch Day tanlovini e’lon qildi.
Tanlov yakuniy bosqichi 2023-yilning 18-oktyarida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tanlov raqamli texnologiyalar startapchilari uchun o‘z loyihalarini hakamlar hay’ati va potensial investorlar oldida namoyish etish uchun o‘ziga xos platformadir.
UZTELECOM Pitch Day tanlovi raqamli texnologiyalar sohasidagi startaplar va innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun loyihalar quyidagi mezonlarga javob berish kerak: innovatsion, unikal, masshtablash va o‘sish salohiyatiga, shuningdek, raqamli texnologiyalarga asoslangan biznes modeli va strategiyasiga ega bo‘lishi hamda MVP (minimal hayotiy mahsulot) darajasida bo‘lishi lozim.
Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda startapchilar loyihalar taqdimotini (2023-yil 12-oktyabrgacha) quyida ko‘rsatilgan manzilga jo‘natadilar, o‘z navbatida, “O‘zbektelekom” AK xodimlari tomonidan dastlabki saralashdan o‘tgan loyihalar ikkinchi bosqichda 18-oktyabr kuni hakamlar hay’atiga taqdim qilinadi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan UZTELECOM Pitch Day g‘oliblariga nafaqat sovrinlar, balki o‘z loyihalariga raqamli texnologiyalar (data-markaz, iobil aloqa, telefoniya va internet*) xizmatlaridan foydalanish uchun grantlar ajratiladi.
“O‘zbektelekom” AK infratuzilmasidagi Raqamli texnologiyalar xizmatlaridan foydalanish uchun ajratadigan umumiy grant miqdori 200 mln so‘mni tashkil etadi:
1-o‘rin — xizmatlar uchun 100 mln so‘m;
2-o‘rin — xizmatlar uchun 60 mln so‘m;
3-o‘rin — xizmatlar uchun 40 mln so‘m.
*G‘oliblar ushbu grantlarni shu yilning oxirigacha faollashtirishlari lozim.
**Ushbu grantlar faqatgina Raqamli texnologiyalar xizmatlari abonent to‘lovlari hamda bir martalik to‘lovlar uchun ishlatilishi mumkin.
Ishtirokchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Tanlov shartlari quyidagi havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter