Yaponlar koinot energiyasidan Yerda foydalanishni ko‘zlashyapti

Yaponiya 2025 yildayoq koinotdan Yerga energiya uzatishni rejalashtirmoqda. Gap kosmosga joylashtirilgan quyosh panellaridan olingan energiyani uzatish haqida bormoqda. Albatta, hech qanday kabellarsiz.
Loyiha davlat ko‘magida xususiy korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, unda mikroto‘lqinli diapazondagi energiyani Yerga uzatuvchi kichik orbital sun’iy yo‘ldoshlar ishtirok etadi.
Lekin bunga shubha bilan qarayotganlar ham bor. Chunki yapon olimlari muvaffaqiyatga erishgan taqdirda ham, quyosh energiyasini koinotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish texnologiyasi yaqin kelajakda keng tarqalishi dargumon. Sababi atigi 1 GVt energiya ishlab chiqarish uchun taxminan 7 milliard dollar sarflash kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter