Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Oyga yo‘l oladi...  

Xitoy Oyga yo‘l oladi...  

Foto: Ixbt.com

O‘tgan yilning may oyida Xitoy Milliy kosmik agentligi “Oydagi odam” dasturini boshlagan edi. Dasturning maqsadi Oyga boshqariladigan missiyalarni yuborish va Oy bazasini yaratishdir.

Mamlakatda yangi avlod kosmik kemasi va Oyga qo‘nuvchi qurilmaning renderlari taqdim etildi. Koinot kemasi ikki qismdan – Yerga qaytish uchun kapsula va xizmat ko‘rsatish bo‘limidan iborat bo‘ladi, Oyga qo‘nuvchi qurilma esa qo‘nish qismi va harakatlantiruvchi qismdan tarkib topadi. Mashinalar ekipajlarni past Yer orbitasiga yuborish va Oy missiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Demak, Xitoy o‘z kosmonavtlarini 2030 yilgacha Oyga qo‘ndirishiga ishonsa bo‘ladi.

Oyga qo‘nish modulining og‘irligi taxminan 26 tonnani tashkil etadi, modul ikki kosmonavt va og‘irligi 200 kg bo‘lgan roverni Oy yuzasiga olib chiqishga qodir bo‘ladi. Roverda Oy muhitini o‘rganish, resurslarni qidirish va kelajakdagi bazalar uchun mos keluvchi joylarni aniqlash uchun mo‘ljallangan ilmiy asboblar bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring