Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy yo‘ldoshlarni lazer bilan quvvatlantirish mumkin

Sun’iy yo‘ldoshlarni lazer bilan quvvatlantirish mumkin

Foto: Hightech.plus

Lazerli aloqa allaqachon kosmosda, masalan, SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlarida qo‘llanilgan. Texnologiya juda qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi. Biroq lazer energiyasi nafaqat ma’lumotlarni yetkazish, balki orbitadagi kichik sun’iy yo‘ldoshlarning batareyalarini quvvatlantirish uchun ham yetarli bo‘lishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi tadqiqotchilari nanosun’iy yo‘ldoshlarni lazer yordamida simsiz quvvatlantirish tizimini ishlab chiqmoqda. Olimlar yaqinda optik tolali lazer yordamida 20 vatt quvvat ishlab chiqarishni namoyish etishdi va kelajakda bu quvvatni kilovattgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Olimlar linzalar massivi va 27 ta termoelektrik datchiklardan tashkil topgan optik tizimni ishlab chiqdilar. Hozirda mikro va nanosun’iy yo‘ldoshlarni joylashtirish ortib borayotganligi sababli bortdagi foydali yuklarni quvvatlantirish uchun ko‘proq energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ham ortishi kutilmoqda. Ushbu sun’iy yo‘ldoshlarni kattaroq quyosh panellari bilan joylashtirish bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring