Qo‘ziqorin asosida yong‘inga chidamli yangi material ixtiro qilindi
Qirollik Melburn texnologiya universiteti olimlari qo‘ziqorin asosida yangi yong‘inga chidamli material ishlab chiqdi. U yong‘inga chidamli qoplamani yaratish uchun ishlatilishi mumkin.
Gap organik chiqindilardan o‘stirilishi mumkin bo‘lgan qo‘ziqorin mitseliyasining yupqa varaqlari haqida ketyapti.
Ushbu qoplamlarni yaratish usuli o‘sayotgan sharoitlarni nazorat qilish va qo‘ziqorin mitseliyasi iplarining yaxlitligini saqlab qolish uchun turli xil kimyoviy moddalar ta’siriga asoslangan. Ushbu material yong‘in yoki yuqori harorat ta’sirida termal himoya ko‘mirlangan qatlam hosil qiladi. Shu bilan birga, u zaharli moddalar va qattiq tutun chiqarmaydi.
Plastmassa asosidagi qoplama panellari bilan solishtirganda, qo‘ziqorin materiallari ekologik jihatdan qulay alternativ hisoblanadi.
Unda odamlar, hayvonlar va atrof-muhit salomatligiga zarar yetkazadigan toksik otashga qarshi moddalar mavjud emas. Ko‘mirlash jarayonida faqat suv va oz miqdorda karbonat angidrid chiqariladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter