Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsda sholi yetishtirish mumkin — isbotlandi!

Marsda sholi yetishtirish mumkin — isbotlandi!

Foto: Vrnikc.ru

Yodingizdami, “Marslik” filmida Mett Deymonning qahramoni “Qizil sayyora”da kartoshka ekadi. U sholini ham sinab ko‘rishi kerak ekan — nazariy jihatdan bu mumkin.

“Marslik” filmidan kadr

Arkanzas universiteti olimlari AQSh janubi-g‘arbidagi Moxave cho‘lida Marsnikiga o‘xshash tuproqni hosil qilib, sholi ekib ko‘rishdi. Va bir necha kunlar o‘tib, ilk kurtaklar bo‘y ko‘rsatdi!

Bu bilan qanoatlanmagan olimlar tuproqqa zaharli perxlorat qo‘shishdi. Tuproq tarkibida perxlorat ulushi 1 kilogrammga 3 gramm nisbatga yetganida sholi o‘sishdan to‘xtatdi. Perxlorat ulushi 1 grammga tushirilganida sholi yana o‘sishni boshladi.

Tadqiqotlar yakunida Mars iqlimiga mos ikki yovvoyi sholi navi va bitta genetik mutatsiyaga uchragan — qurg‘oqchilikka chidamli sholi navi olindi.

Endi bir savol ochiq qolmoqda: Mars sharoitida yetishtirilgan guruchni yeyish mumkinmi? Deylik, osh damlashga yaraydimi?..

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring