Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jonli musiqa odamlarga qurilmadan yangragan musiqadan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi

Jonli musiqa odamlarga qurilmadan yangragan musiqadan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi

Foto: YouTube

Syurix universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, jonli ijrolar qurilmadan ijro etilgan musiqadan ko‘ra odamlarda kuchliroq hissiy javob uyg‘otarkan. Konsertlar ijrochilarni o‘z tomoshabinlari bilan “bog‘laydi”, bu evolyusion omillar bilan ham izohlanishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yozib olingan musiqani tinglash miyamizdagi hissiy va ijodiy jarayonlarni rag‘batlantiradi. Lekin jonli ijro etilgan musiqani tinglaganimizda nima bo‘ladi? Kognitiv va affektiv nevrologiya professori Sasha Fryuhols boshchiligidagi Syurix universiteti olimlari bu savolni o‘rganib chiqdi.

Tajribada tadqiqotchilar 27 nafar tinglovchi va ijrochi (pianinochi)ning amigdaladagi faolligini real vaqtda o‘lchash uchun magnit-rezonans tomografiyadan foydalanganlar. Ushbu o‘lchovlarga asoslanib, pianinochi o‘z o‘yinini tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini kuchaytiradigan tarzda o‘zgartiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring