Birinchi marta 3D-printerda tirik inson miya to‘qimalari chiqarildi
Madison (AQSh)dagi Viskonsin universiteti olimlari dunyoda birinchi bo‘lib insonning funksional miya to‘qimalari 3D usulda chop etilganini ma’lum qilishdi.
Ishlanma miya va uning alohida tuzilmalarini o‘rganishda hamda nevrologik kasalliklar va buzilishlarni davolash usullarini topishda yordam berishi mumkinligi aytilmoqda. Cell Stem Cell jurnalida e’lon qilingan maqolada yozilishicha, olimlar chop etgan uch o‘lchamli to‘qima xuddi miya to‘qimasi kabi o‘sish va ishlashni namoyon etgan.
“Bu odamlarning miya qismlari va to‘qimalari qanday o‘zaro bog‘lanishini tushunishimizda ko‘maklashuvchi juda kuchli modelga aylanishi, ildiz hujayralari biologiyasi, nevrologiya, ko‘plab nevrologik va ruhiy kasalliklarning kelib chiqilishi borasidagi qarashlarimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin”, — dedi Kaliforniya universitetining Madisondagi Vaysman markazi nevrologiya professori Su Chun Chjan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter