Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birgina ilova orqali jiddiy kasalliklarni aniqlash mumkin

Birgina ilova orqali jiddiy kasalliklarni aniqlash mumkin

Foto: Appleinsider.ru

Yaponiyaning Sukuba universiteti tadqiqotchilar nutq namunalarini tahlil qiluvchi smartfon ilovasi prototipini ishlab chiqishdi. U Alsgeymer va shunga o‘xshash tashxislash uchun ishlatilishi mumkin.

Bunday xastaliklarga qanchalik tez tashxis qo‘yilsa, kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Biroq keksa yoshdagi nutq shakllarini tanib olish qiyin. Tadqiqotchilar 114 ishtirokchidan nutq ma’lumotlarini to‘plashdi. Ishtirokchilarning yoshi 72 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan. Ular tinch xonada o‘tirib, oldindan yozib olingan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, ular turli nutqiy topshiriqlarni bajarishdi. Ularning javoblari avtomatik nutqni aniqlash xizmati yordamida transkripsiya qilingan. Yozuvlar ovoz balandligining qisqa muddatli tebranishlari, ovoz balandligining o‘zgarishi, nutq tezligi, intonatsiyasi uchun tahlil qilindi va pauzalar soni tekshirildi.

Loyiha mualliflari ishtirokchilarning nutq shakllarida statistik jihatdan sezilarli farqlarni aniqladilar. Kelajakda olimlar ilova tomonidan aniqlangan nutq o‘zgarishlarining patologik o‘zgarishlarga mos kelishini sinab ko‘rishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring